UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Farg‘ona viloyati qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

"Farg‘onada 5 qavatli bino qurish ruxsatnomasi bilan 7 qavatli uy qurildi" sarlavhasi ostida tarqatilgan ma’lumot bo‘yicha Farg‘ona viloyati qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan holat joyiga chiqib o‘rganildi.

Fuqaro A.Umurzakov 2022-yil 10-may kuni Farg’ona shahri  “Mash'al” MFY Sayilgoh ko’chasi 9-A uyda joylashgan mazkur qurilish obyektini inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tkazib, qurilish ishlarini amalga oshirgan. Monitoringlar davomida inspeksiya mutaxassislari tomonidan “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks”ning 99-moddasi 7-qismi bilan fuqaro A.Umurzakovga tegishli qurilishi tugallanmagan 5 qavatli turar-joy binosiga qo’shimcha 7 qavatli qilib qurib olgani uchun 2023-yil 25-noyabrda ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, inspeksiya tomonidan qurilishni to‘xtatish bo‘yicha 2024-yil 2-aprel kuni  va 2024-yil 15-aprel kuni yozma ko‘rsatma berilgan. Hozirda mazkur obyektda qurilish ishlari to’xtatilgan. Belgilangan tartibda qo’shimcha qavatlarni buzdirish bo’yicha sudga da'vo arizasi kiritilayotganligini ma’lum qilamiz.