UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Farg‘ona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

“VODIY 24” hamda “ANTIKORRUPSIYA” telegram kanallari orqali “Shaharsozlik kodeksi talablari bajarilishini kim nazorat qiladi” sarlavhasi ostidagi tanqid bo‘yicha Farg‘ona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan holat joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida Farg‘ona shahri “Bahor” MFY  Sanoat ko‘chasi 36-uyda joylashgan yer maydonida mavjud bino-inshootlarni buzib, o‘rniga besh qavatli savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish hamda ofis bino-inshootlari qurish uchun ruxsatnoma berilgan. Obyektga yon qo’shnilari fuqaro J.Yakubov , Z.Karabayev, M.Qurbonova va N.Mullajonovalar tomonidan Sh.Artiqova hamda S.Ismoilovga tegishli bo’lgan turar-joylarni buzib, o’rniga  ko’p qavatli bino-inshootlari qurish uchun qarshilik bildirmasliklari bo’yicha yozma rozilik xati berilgan. 

Hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan ish reja hamda fuqarolarning murojaatiga asosan Farg’ona shahridagi obyektlarda monitoring o’tkazilganda fuqaro S.Ismailov tomonidan tegishli talablarga zid ravishda qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida xabarnoma yubormasdan qurilish amalga oshirayotganligi aniqlangan. Shu sababli “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks”ning 99-moddasi 7-qismi bilan fuqaro javobgarlikka tortilib,  2023-yil 12-dekabr kuni qurilish-montaj ishlarini to‘xtatish to‘g‘risida yozma ko‘rsatma berilgan. Shundan so’ng fuqaro 2024-yil 31-mart kuni obyektni ro‘yxatdan o‘tkazib, qurilish ishlarini davom ettirgan va unda inspeksiya tomonidan doimiy nazorat amalga oshirilgan.

Xabarlardagi holat yuzasidan fuqarolarga  yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi nizolar hal etilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud tomonidan bajarilishi to’g’risida tushuntirish berilgan.