UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Youtube platformasi orqali “FARG‘ONADA NIMA BU HOLAT? QURILISHDAN FUQAROLAR NEGA NOROZI BO‘LISHDI?” sarlavhasi ostida e'lon qilingan video yuzasidan  Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Rishton tumani "Yangiyo‘l" MFY Madaniyat ko‘chasi 1-uyda yashovchi fuqaro A.Muhammadaliyevning murojaati hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib, pudratchi va murojaatchi fuqaro ishtirokida o‘rganildi. 

O‘rganish davomida Rishton tumani "Yangiobod" MFY hududida 2018-yilda byurtmachi “Qishloq qurilish invest” MCHJ IK, Farg‘ona viloyati filiali pudratchi “Madina” MCHJ tomonidan namunaviy loyiha asosida yakka tartibdagi namunali uy-joylar qurilganligi aniqlandi. 

Fuqaro A.Muhammadaliyev va buyurtmachi o‘rtasida 2018-yil 23-iyulda dastlabki oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan bo‘lib, bugungi kunda yakka tartibdagi uy-joy ta’mirtalab holatga kelib qolgan, ammo devor qismida yorilishlar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu holat bo‘yicha SHNQ 1.04.03-23 “Bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish” shaharsozlik normalari va qoidalarida binosi ichki va tashqi pardoz qatlamini 6-12 oydan kam bo‘lmagan muddatda ko‘rikdan o‘tkazish va mazkur SHNQning 23-38-bandlariga ko'ra binoning ichki va tashqi qatlamida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan. 

Shu bois mazkur turar-joy binosi 2018-yilda qurilganligi sababli 6-12 oydan kam bo‘lmagan muddatda uni ko‘rikdan o‘tkazish lozimligi va binoning ichki va tashqi qatlamini ta’mirlab turish kerakligi bo‘yicha fuqaro A.Muhammadaliyevga tushuntirish ishlari olib borilganligini ma’lum qilamiz.