UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Ijtimoiy tarmoqlarda A.T.Xoʻqandiy mavzesi 108-sonli koʻp qavatli uylar yonida qurilgan koʻp qavatli turar-joy binosi atrofidagi holat Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi.

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar hokimining 2020-yil 12-apreldagi qarori bilan (1-qavatida savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, 2-3-4-qavatlarida turar-joy) bino qurilishi uchun yer maydoni ajratib berilgan. 

Mazkur qarorga asosan tegishli hujjatlar tayyorlangan va  tasdiqlangan bosh rejada mavjud turar-joy binosi hamda unga tegishli boʻlgan koʻkalamzorlashtirish va kirish yoʻlagi mavjud. 

Buyurtmachi-pudratchi “AS-BUILDING” MCHJ tomonidan shaharsozlik hujjatlari tayyorlanib, qurilish ishlarini boshlash uchun inspeksiyaga 2021-yil 5-mart kuni xabarnoma yuborib, ro'yxatdan o'tgan. 

Inspeksiya tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat yuzasidan obyektda belgilangan tartibda nazorat ishlari amalga oshirilib, mas'ul tashkilotga tegishli koʻrsatmalar berildi va hozirda binoning kirish yoʻlaklarini shakllantirish hamda asfalt bilan qoplash, hududni obodonlashtirish choralari koʻrilmoqda.