Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
"Jamoat nazorati" telegram kanalida "Fargʻona shahri Sh.Rashidov MFY S.Temur koʻchasi 53-uy tom qismi xavfsizlik qoidalariga javob beradimi?” mavzusidagi holat Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi.
Jarayonda ushbu joy 3 qavatdan iborat 1-qavati noturar va 2-3- qavatlari turar joy sifatidagi xususiy mulk ekanligi maʼlum boʻldi.
Binoning 3-qavat tom qism atrofi metall profillar bilan oʻrab qoʻyilganligi aniqlanib, inspeksiya tomonidan buyurtmachiga bajarilgan ishlarni demontaj qilish boʻyicha koʻrsatma berildi.