UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

“Zoʻr TV” telekanali “Bu kun” koʻrsatuvi orqali efirga uzatilgan “Koʻp qavatli uyning koʻpgina muammolari” sarlavhasi ostidagi holat boʻyicha Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan vakolat doirasida joyiga chiqib oʻrganildi.

Oʻrganish davomida murojaatda koʻrsatib oʻtilgan turar-joy binosi fuqaro D.Tadjibayeva tomonidan 2020-2021-yillarda qurilgan hamda foydalanishga qabul qilingan “Infin bank” tomonidan kredit qoplanmaganligi sababli  evaziga bank balansiga oʻtkazilganligi aniqlandi. Binoning 3-4-qavatlari “Infin bank” tomonidan elektron onlayn auksionda sotib yuborilgan.

 3-qavati “Poytaxt mavzesi” MCHJ tomonidan sotib olingach, 4 ta xonadon holatidan 5 ta xonadonga qayta rejalashtirib qurib bitkazgan. Mazkur turar-joy binosining 3-qavati inspeksiya tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan boʻlsa-da, MCHJ uni fuqarolarga sotib yuborganligi maʼlum boʻldi. 

Binoning 4-qavatini auksion tizimi orqali bir nechta fuqarolar sotib olishgan. Fuqaro Z.Djalolova yashayotgan 4-qavatdagi xonadonni O. ismli shaxs bilan  oʻzaro ogʻzaki kelishuvga asosan sotib olingani aniqlandi.

Binoga kirish eshiklariga maxsus kodli qulf oʻrnatilgan, qulf ishchi holatda lekin podyezd-kirish eshigi qulflanmasdan foydalanilmoqda. Bugungi kunda fuqaro D.Tadjibayevaning vakili M.Mavlonov tomonidan binoga elektr tarmoqlari tortish ishlari yakuniga yetkazilgan. Fuqaro M.Mavlonov tomonidan asfalt yotqizish ishlari 2024-yil 27-mart kuni bajarib berilgan. Binoning kirish qismidagi kafel terish ishlarini 1 hafta muddatda bajarib berishga kafolat berishdi.