UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Kuni kecha facebook ijtimoiy tarmog'ida tarqalgan murojaat Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi.

 “Qurilish optima” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 200-son qarorining tegishli bandlariga zid ravishda qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma yubormasdan qurilish ishlarini amalga oshirgani  aniqlandi. Ya'ni hudud oʻralib, xandaq ishlari (kotlovan) boshlab yuborilgan. 

 Mazkur holat boʻyicha inspeksiya tomonidan 2024-yil 20-may kuni qurilish-montaj ishlarini toʻxtatish toʻgʻrisida ogohlantrish xati berilib, ishlar vaqtincha toʻxtatilganligini maʼlum qilamiz.