UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

 Ichimlik suvidan noqonuniy foydalanganlar jarimaga tortildi

Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda "Surxondaryo suv ta’minoti" AJ xodimlari hamkorligida ichimlik suvi tarmog‘iga noqonuniy ulanish holatlariga chek qo'yish maqsadida   reyd tadbirlari o'tkazildi. Xususan, “Xo‘jaipok” magistral ichimlik suvi tarmog‘ining Qiziriq tumanidan o‘tuvchi qismida ikkita holatda yuridik iste’molchilar tomonidan ichimlik suvi hisoblagichiga qasddan shikast yetkazilganligi aniqlandi.

Ushbu qonunbuzilish holati bo'yicha zarar miqdori 4.2mln so‘mni tashkil etib, holat yuzasidan 10,2 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Shuningdek, yana bir  holatda yuridik iste’molchi tomonidan suv hisobi yuritilish qoidalari buzilganligi aniqlanib, inspeksiya tomonidan qoidabuzarga ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Reyd tadbirlari davom etmoqda!