UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda Osiyo suv kengashi vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda Osiyo suv kengashi vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur delegatsiya O‘zbekistonda suv xavfsizligining iqtisodiy, moliyaviy va texnik jihatlarini mustahkamlash bo‘yicha manfaatdor vazirlik hamda tashkilotlar bilan fikr almashish, takliflarni o‘rganishni maqsad qilgan.

Uchrashuvda vazirlikning Ichimlik va oqova suv tizimlarini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i G'ayrat Rahimov, Xalqaro hamkorlik va Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘limi mutaxassislari, "O‘zsuvta’minot" AJ mutaxassislari xorijiy mehmonlarning savollariga atroflicha javob berdilar.

Xususan, mamlakatimzida suv ta’minoti sohasini tartibga solish,  bosh rejasini ishlab chiqish, sohada davlat-xususiy sherikchilik loyihalarini rivojlantirish yo‘nalishlarida fikr va mulohazalar almashildi.