UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Kompetensiyani rivojlantirish institutida Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhit yaratish bo‘yicha “Inklyuziv O‘zbekiston” mavzusida onlayn seminar o‘tkazildi

 

Kompetensiyani rivojlantirish institutida Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhit yaratish bo‘yicha “Inklyuziv O‘zbekiston” mavzusida onlayn seminar o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida o‘tkazilgan videselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tashkil etilgan mazkur seminarga onlayn ravishda xorijiy mutaxassislar ham jalb etildi. Bu bevosita mazkur mavzuning xalqaro maydondagi ahamiyati, dolzarbligini muhokama qilish imkonini berdi. 

Dastavval Janubiy Amerikalik arxitektor – xalqaro ekspert Andres Balkazar “Inklyuziv O‘zbekiston” nomli taqdimotni taqdim etdi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhit yaratish bo‘yicha ótkazilgan taqdimotda xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda mamlakatimizda amalga oshirilishi kerak bòlgan vazifalar haqida sóz bordi. Shuningdek, onlayn seminarda Inklyuzivlik strategiyasi va kodeksining ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi. 

Ta’kidlash lozimki, Andres Balkazar – Dubay va Qatar Inklyuzivlik kodekslari  hamda ko‘plab davlatlar to‘siqsiz muhit yaratish bo‘yicha audit muallifidir.

Seminarda Kompetensiyani rivojlantirish instituti Arxitektura va qurilish boshqaruvi yo‘nalishi tinglovchilari bo‘lgan viloyat va tuman (shahar) bosh arxitektorlari, Mualliflik nazorati yo‘nalishi tinglovchilari bo‘lgan loyihachilar hamda institut xodimlari ishtirok etib, ózlari uchun zarur bólgan ma’lumotlarga ega bóldilar.