UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

“Liderlar onlayn maktabi” loyihasi doirasida “Men muvaffaqiyatli ayolman” mavzusidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 “Biz hamma ishga ulgurishimiz kerak, chunki ayolmiz..”

“Xalqning duosida hikmat ko‘p, men bunga har doim ishonch hosil qilib kelaman…”

“Ayol uch jihati bilan jamiyatda qadr topadi: odob-axloq, shirinsuxanlik va mehnatsevarlik”

Kuni kecha Milliy tiklanish demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilgan “Liderlar onlayn maktabi” loyihasi doirasida “Men muvaffaqiyatli ayolman” mavzusidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Unga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva taklif qilinib, Arxitektura va qurilish instituti talaba yoshlari, faollar bilan samimiy suhbat maydoni tashkil qilindi. 

Tadbirdan maqsad yoshlarga o‘z ustida ishlash, rivojlanish, iqtidori, salohiyatini yuzaga chiqarish uchun sharoit va imkoniyat yaratishga oid vazifalar ilgari surishdan iborat. 

Shuningdek, jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, salohiyati, iqtidori, yetakchilik, liderlik qobiliyatini yuzaga chiqarish, davlat  boshqaruvida faol ishtirokini ta’minlash, siyosiy yetakchilarning yangi avlodini shakllantirish ham kòzlangan.

Ózaro samimiy ruhda kechgan tadbirda Ozoda Jo‘rayeva umr yo‘li, faoliyatining muhim bosqichlari, oilasi va hayotiy prioritetlari xususida so‘zlab berdi. 

- Bugungi kunda jamiyatda muhim o‘ringa ega bo‘lgan har bir ayol rivojlanishi kerak. Ilm cheksiz ummon.  Yangi bilimlar va ko‘nikmalarga intilish bizni yanada kuchli qiladi. Òqing, rivojlaning, buning uchun bizda barcha sharoitlar bor,- dedi Ozoda Jo‘rayeva.

Shuningdek, talabalarning “Muvaffaqiyatingiz kaliti nimada deb hisoblaysiz”,-degan savoliga vazir o‘rinbosari shunday javob berdi:

Men mamlakatimizda qanday soha bo‘lmasin, mehnat qilsang baraka topasan, degan gapning isbotini o‘zim misolimda ko‘rdim. Ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatish sohasida 20yildan ortiq ishlagan bo‘lsam bunday e’tibor ko‘rmagandim. Sohadagi mehnatim, yangilikka intilishimni davlatimiz rahbari mana shunday e’tirof etdilar. Demak, mening muvaffaqiyat kalitim mehnatim va davlatimizda har bir sohaga berilgan e’tiborda, desam yanglishmayman”.

Ozoda Jo‘rayeva tadbir yakunida yosh avlodga ulkan muvaffaqiyat tiladi.