UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan “Navoiy shahridagi yangi qurilgan domning tom qismidan yana bir etaj uy qurilmoqda” mavzusidagi holat Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan joriy yilning 22-aprel sanasida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilgan.

O‘rganish davomida ushbu binoning 10-qavatdagi (penthouse) 2 ta 46 va 47-xonadonlar joriy yilning aprel sanasida Navoiy shahar Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan obyekt ixtisosini o‘zgartirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnomalari mavjudligi aniqlandi. Ushbu ruxsatnoma talablari asosida arxitektura-rejalashtirish hujjatlari tayyorlanayotganligi va tegishli tashkilotlar bilan taklif loyiha hujjatlari kelishilayotganligi hamda unda o‘rnatilgan lift uskunasiga texnik xulosa mavjudligi aniqlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining uy-joy Kodeksining 124-moddasida " Turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlarining ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqi ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlarining ulushli mulkida turgan umumiy mol-mulkning ayrim qismlari qonunchilikka muvofiq umumiy ulushli mulkning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaror asosida boshqa shaxslarga berilishi mumkin", - deyilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi PQ-5152-sonli qarorning 7-bandiga muvofiq: 
I) Ko‘p kvartirali uy-joydagi umumiy mol-mulkning ayrim qismlarini boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi umumiy ulushli mulkning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaror belgilangan tartibda notarial tasdiqlangan taqdirda mulk huquqining vujudga kelishini va boshqa shaxsga o‘tishini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga asos bo‘ladi.

Navoiy shahar “Farovon Navoiy BK 2022” MChJ boshqaruv tashkilot boshqaruvida bo‘lgan Navoiy ko‘chasi 30-D-sonli ko‘p kvartirali uyda yashovchi 47 ta fuqarolarning (mulk egalarining) ya’ni, mulkdorlaning 100 foiz rozilik imzolari mavjudligi aniqlandi. Fuqaroga esa tegishli tartibda ijro hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgunga qadar qurilish ishlarini vaqtincha to‘xtatish yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan.