UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

O'rganishlar jarayonida Andijon viloyati “Yangi Andijon" shahrida quyidagi amalga oshirilayotgan ishlar ko'rib chiqildi

O'rganishlar jarayonida Andijon viloyati “Yangi Andijon" shahrida quyidagi amalga oshirilayotgan ishlar ko'rib chiqildi:

1)  Tashqi va  ichki yoʻllar boʻyicha

”Yangi Andijon“ shahriga olib keluvchi 4R 130 "Andijon halqa yoʻli"ning 20-29 km oraligʻida yoʻl asosi tayyorlash, ostki (1 va 2 qatlamlar asfaltlash) qatlam yotqizish, lotok montaj qilish, yoʻl yoritish chiroqlari montaj ishlari amalga oshirilgan.

“Yangi Andijon” shahrini ichki yoʻllari boʻyicha hozirda 2,0 km uzunlikda yoʻl qurilishi yakunlangan.

2)  2023-yilda 28 ta 832 xonadonli uy-joylar foydalanishga topshirilgan.

(5, 7 hamda 9 qavatli uy-joylar)

3)  Ijtimoiy soha obyektlaridan

- 1680 oʻringa moʻljallangan umumtaʼlim maktabi 
- 420 oʻringa moʻljallangan maktabgacha taʼlim tashkiloti 
- 250 qatnovga moʻljallangan oilaviy poliklinika mavjud.

4)  Infratuzilma hamda kommunikatsiya boʻyicha

21 kVt, 5 ming xonadonni issiqlik bilan ta'minlovchi Yangi Andijon markaziy qozonxonasi mavjud bo'lib, sigʻimi 4000 m3 boʻlgan suv saqlash inshooti qurilishi boʻyicha bugungi kunda obyektda 85% ziyod ishlar bajarilgan.

Elektr energiyasi boʻyicha 2 ta 16 ming kVA kuch transformator o'rnatish, 18 km elektr energiyasi tarmogʻini qurish, 15 ta transformator oʻrnatish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.

5) Obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish doirasida

 "Yashil makon" loyihasi asosida 117 ga maydonga pavloniya hamda turli manzarali daraxtlar ekildi.  

- 3 ming kvadrat metrdan ortiq ichki yo'llarga paralel ravishda chim (maysa) yotqizildi, bundan tashqari 34  xildan iborat jami 545 tup gullar, butalar, turli xil manzarali daraxt ko'chatlari ekilib, koʻkalamzorlashtirish ishlari qilindi.