UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Prezidenti rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida yig'ilish bo'lib o'tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 29-yanvarda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida vazir o‘rinbosari D.Adilov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi boshqarma boshlig‘i A.Muhiddinov boshchiligida Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabi a’zolari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda qurilish-pudrat tashkilotlari reyting mezonlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

Tadbirda pudrat tashkilotlari reytingi talablari hamda har bir mezon boʻyicha belgilanadigan ballar to‘liq qayta ko‘rib chiqildi. 

Jumladan, pudrat tashkilotlarining moliyaviy ko‘rsatkichlari, maxsus texnikalari ro‘yxati bo‘yicha berilgan takliflar o'rganildi. Shuningdek, belgilangan mezonlar bo‘yicha pudrat tashkilotlari reytingini shakllantirishda tegishli vazirlik va idoralarning elektron tizimidan olinadigan ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash maqsadida barcha ma’lumotlarni olish mexanizmini takomillashtirish orqali kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.