UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi nazorat ishlari

Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Shahrisabz shahri "Namaton" MFY  hududida buyurtmachi "New House City" MCHJ tomonidan qurilayotgan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining 400 o'rinli talabalar turar-joyida navbatdagi nazorat ishlari o‘tkazildi. 

Natijada obyektda ishlar turlari bo'yicha yopiq ishlar dalolatnomalari mavjud emasligi, shu bilan bir qatorda obyektning 3-qavat devorlarida sopol g'isht terish ishlari loyiha talablari asosida bajarilmaganligi aniqlandi.

Qoidabuzarliklar yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan qurilishning mas'ullariga "Qurilishda davlat nazorati" milliy axborot  tizimi orqali bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko‘rsatmalar berildi hamda sifatsiz bajarilgan g'isht terish ishlari joyida inspeksiya xodimlari tomonidan demontaj qildirildi.