UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov navbatdagi murojaat yuzasidan fuqarolardan birini qabul qildi

Kuni kecha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov navbatdagi murojaat yuzasidan fuqarolardan birini qabul qildi. “Renessans Ta’lim Universiteti” MChJ vakilining masalasi – tegishli obyektni rekonstruksiya qilish qiymatining sun'iy ravishda oshirilishi bilan bog‘liq.

Soha ekspertlari ishtirokida o‘tgan qabulda ma'lum bo‘lishicha, "Toshkent shahri Shayxontohur tumani Oqtepa mavzesi Samarqand darvoza ko‘chasida joylashgan binoni “Renessans Ta’lim Universiteti” MChJga moslashtirib rekonstruksiya qilish" obyekti bo‘yicha “POWER BUILD CONSTRUCTION” MChJ tomonidan 2023-yil 14-noyabrda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga loyiha-smeta hujjatlari yuklangan. Yuklangan murojaat O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 579-son qaroriga asosan ko'rib chiqilgan.

Buyurtmachi tashkilot vakiliga asosiy qurilish materiallari, konstruksiyalar, mahsulotlar va uskunalarning qiymati IIM (Iqtisodiy islohotlar markazi) va KSM (Kompleks statistika markazi) tomonidan har chorakda ishlab chiqiladigan joriy narxlar katalogining 2023-yil 2-choragiga (aprel, may, iyun) asosan, birja va qurilish materiallari yarmarkalardagi, ishlab chiqaruvchi zavodlarning ulgurji sotuv narxlariga bo'yicha qabul qilinganligi tushuntirildi. 

Ushbu obyekt bo‘yicha ekspertiza natijalariga ko‘ra 2023-yil 27-dekabrda tegishli ijobiy yig‘ma ekspert xulosasi taqdim etilgan.

Ma'lumot o'rnida, “Renessans Ta’lim Universiteti” MChJ Toshkent tumanlararo ma'muriy sudiga murojaat qilgan va sudning 2024-yil 26-martdagi ajrim (ishni yuritishni tugatish to‘g‘risida) xulosasi berilgan. Unda ekspertiza xulosasining majburiy emas, balki tavsiyaviy xarakterga ega hujjat hisoblanishi ta'kidlab o'tilgan.