UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRI YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

Yoshlar mamlakat taraqqiyotning buyuk kuchlaridan birini tashkil qiladi. Shu bois bugungi globallashuv zamonida unib kelayotgan yosh avlodni zararli gʻoyalardan asrash, ularni toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirish dolzarb masalalardan biridir. 
     
Kuni kecha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Botir Zokirov alohida e’tibor talab etuvchi yoshlarning ijtimoiy holati va qiziqishlarini oʻrganish maqsadida Toshkent shahri Yangihayot tumanida boʻldi.

Xususan, vazir bir necha yoshlar bilan suhbat qurib, ularning kelgusidagi maqsad va rejalari, muammolari bilan qiziqdi. Yoshlarga hayotini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish hamda jamiyatda munosib oʻringa ega boʻlishlari uchun zarur tavsiyalar berildi. Barcha qayd etilgan masalalar yechimi mas’ullar bilan muhokama qilindi. 

Ma’lumot uchun, “Mahalladan vazirlikkacha” tizimi orqali Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziriga 30 nafardan ziyod yoshlar biriktirilgan boʻlib, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, hayotda o‘z o‘rnini topishiga va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishga koʻmaklashish vazifasi yuklatilgan.


Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusi bilan amaliyotga keng joriy etilgan va joylardagi muammolarni "mahallabay" o'rganishga asoslangan yangi tizim yoshlar masalasini ham chetlab o'tmayapti. Yoshlarni ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo'llab-quvvatlash, bilim va kasb o'rganishga ehtiyoji hamda ishtiyoqi bor ishsiz yoshlarni, xususan, xotin-qizlar bandligini ta'minlashga qaratilgan sa'y-harakatlarga Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vazirligi mutasaddilari ham jalb etildi.

“Bir bolaga 7 mahalla ota-ona”,- deb bejiz aytishmagan. Qadriyatlarimiz qadri ertamiz egalarining taqdiri, ularning komil inson bo'lib yetishishidagi sa'y-harakatlarni hamma o'zi uchun burch deb bilishi bilan o'lchanadi. Bizga ishonib biriktirilgan har bir yoshning kelajak taqdiriga masʼulmiz. Ularni qiynayotgan muammolarni tinglash, bartaraf etishda koʼmaklashish, yoshlarning huquqlari, erkinliklari hamda manfaatlarini roʼyobga chiqarish yurtboshimiz ilgari surayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishidir. Bu har birimiz uchun dasturi amal bo'lishi shart”, - dedi B.Zokirov.

Vazir "Yangi Choshtepa" MFY binosiga jam bo'lgan har bir yosh bilan samimiy suhbat qurib, ularning muammolariga quloq tutdi. Zaruriy tavsiyalar berdi. Xususan, ayrim yoshlar IT, SMM singari yo'nalishlarda o'qish istagida ekanliklarini bildirgan bo'lsa, ba'zilari ta'lim uchun kerakli texnik ta'minotni so'rab murojaat qildi. Bandlik masalasida qiynalayotganlarga ham munosib ish o'rnini topishda amaliy ko'mak berilishi ta'kidlandi.

- Hayotdagi eng katta motivatsiya - mehnat, mas’uliyat va ota-onangiz duosidir. Yot chaqiriqlar, yolğonchi va’dalarga chalg'imang. O'z ustingizda ishlang, rohatini albatta ko'rasiz, - dedi vazir.

Albatta yoshlar muammolarini o'rganishga qaratilgan bu singari chora-tadbirlar ertamiz egalarining hayotda mustaqil qaror qabul qilishlari, tezkor oʼzgarishlarga moslashishlari, jamiyatda munosib oʼrin topishlariga zamin hozirlaydi.