Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Anhalt universiteti hamkorligida seminar bo‘lib o‘tmoqda
Ayni daqiqalarda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Anhalt universiteti hamkorligida seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Ma'lumot uchun, joriy yilning 1-2-may kunlari o‘tkazilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumida “Yashil energetika” sohasida investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘plab tashabbuslar va amaliy takliflar bildirilgan edi. Bu borada Germaniyaning Anhalt universiteti professor ekspertlari joriy yilning 21-25-may kunlari Toshkent shahri va Jizzax viloyatlarida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari, sensor - sanoat interneti, qurilmalar” mavzusida o‘zbek hamda nemis oliy ta’lim muassasalari, kompaniya vakillari ishtirokida mintaqalararo innovatsiya forumini o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Mazkur seminarni ayni maqsadlarning mantiqiy davomi deyish mumkin.