UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI VAZIRLIGIDA YAPONIYA XALQARO HAMKORLIK BANKI INFRATUZILMA VA EKOLOGIYA SOHALARIDA IJTIMOIY AHAMIYATGA EGA LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH DELEGATSIYA BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Kuni kecha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki Infratuzilma va ekologiya sohalarida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Uematsu Yoshihiro boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi

Yaponiyaning qator investitsiya kompaniya va  banklari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalarda ishtirok etishga katta qiziqish bildirmoqda.  Bu esa mamlakatlar o‘rtasida hamkorlikning jadal rivojlanib borayotganligini bildiradi. Uchrashuvda makur jihatlar alohida e'tirof etildi.

Tadbirda mamlakatimizda suv, issiqlik ta’minoti va oqova suv xizmatlari infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha  ijtimoiy ahamiyatga ega DXSH loyihalarini moliyalashtirishda Yaponiya xalqaro hamkorlik banki ishtiroki yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.

Tadbir yakunida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilib borishga kelishib olindi.