UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xójaligi vaziri òrinbosari Ozoda Jòrayeva hududlarda bòlib, 30 nafardan ortiq aholining murojaatini joyiga chiqqan holda órgandi

Qurilish va uy-joy kommunal xójaligi vaziri òrinbosari Ozoda Jòrayeva hududlarda bòlib, 30 nafardan ortiq aholining murojaatini joyiga chiqqan holda órgandi. 

Dastlabki manzil Yashnobod tumani Maxtumquli kóchasi 89-son uy bóldi. Quruvchi tashkilot tomonidan bino tegishli tartibda gidroizolyatsiya qilinmagan. Shu bois barpo etilganiga kòp bólmagan uyning yertólasiga suv to'planib keladi. Yomğir yoğishi va uning bino beton qoplamasidan sizib kirishi oqibatidagi mazkur holat mana necha oydirki aholini qiynab keladi. 

My helper” nomli boshqaruv tashkiloti xizmat kòrsatuvchi mazkur uydagi muammoni keltirib chiqarayotgan sababalarni tezkorlik bilan bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, kòp kvartirali uy atrofining ozodaligiga e’tibor qaratilmaganligi vazir órinbosari tomonidan qat’iy tanqid ostiga olindi. 

- Aholimiz yangi uy olayotganda har tomonlama qulay va xavfsiz muhitda yashashni niyat qiladi. Siz bunday xizmat kórsatish bilan ularning ishonchini oqlay olmaysiz. Mulkni saqlash majburiyatiga ayniqsa, boshqaruv tashkilotlari kóproq e’tibor berishi zarur. Uyni boshqarish uchun qabul qilishda har bir jihat e'tiborga olinishi shart,- dedi Ozoda Jórayeva. 

Mas’ullarga uy yertòlasidagi muammoni bartaraf etish bôyicha aniq muddat belgilandi va mazkur jarayon vazir o'rinbosari nazoratida bo'lishi ta'kidlandi.