UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xójaligi vaziri órinbosari Ozoda Jórayeva poytaxtimizning Olmazor tumanida bólib, “Exclusive house service” BSK faoliyati bilan tanishdi

Qurilish va uy-joy kommunal xójaligi vaziri órinbosari Ozoda Jórayeva poytaxtimizning Olmazor tumanida bólib, “Exclusive house serviceBSK faoliyati bilan tanishdi.

Kompaniya bugungi kunda tumandagi 47 ta kóp kvartirali uyga xizmat kórsatib keladi. Zamonaviy talablar asosida 24 soat faoliyat yurituvchi dispetcherlik xizmati yólga qóyilgan. 

Ozoda Jórayeva boshqaruv tashkilotining binosi, unda aholi uchun yaratilgan sharoitlar, “Mening uyim” billing tizimi, aholi murojaatlari bilan ishlash yónalishida tashkil etilgan tizim kózdan kechirildi.

Shuningdek, kóp kvartirali uylar holati, obodonlashtirish hududlari kózdan kechirildi. Qóshimcha xizmatlarni kópaytirish, xizmat sifatini oshirish yuzasidan qóshimcha topshiriqlar berildi. 

Vazir órinbosari “Exclusive house service” BSK tomonidan barpo etilayotgan boğ bilan ham tanishdi. Kóp kvartirali uylar atrofida yashillikni oshirish borasidagi bunday ishlar alohida e’tirof etildi. Shu bilan birga yashil tabiatni asrab-avaylashda aholi daxldorligini oshirish lozimligi ta’kidandi.

- Aholimiz yashaydigan uylar atrofida bunday sayilgohlarni tashkil etish juda yaxshi samara beradi. Kunlik yumushlaridan charchagan fuqarolarimiz dam oladi, hordiq chiqaradi. Shuningdek, ushbu manzarani chiroyli saqlash ham katta mas’uliyat. Bunga hamma, yosh-u qari mas’ul bòlmoği lozim,- dedi Ozoda Jórayeva.