UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xójaligi vaziri órinbosari Ozoda Jòrayeva poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi  “Classik building” BSKda bóldilar

Avval xabar berganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xòjaligi  vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutida kóp kvartirali uylarga xizmat kórsatuvchi boshqaruv tashkilotlari rahbarlarining malakasi oshirib kelinmoqda. 

Amaliy va nazariy kònikmalarni shakllantirishga qaratilgan óquv dasturi sohadagi  islohotlar, qabul qilinayotgan  qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini tarğib qilishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xususan, bugun Qurilish va uy-joy kommunal xójaligi vaziri órinbosari Ozoda Jòrayeva 60 ga yaqin boshqaruv tashkilotlari rahbarlari bilan poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi  “Classik building” BSKda bóldilar.

O'zaro muloqotlarda sohadagi yangiliklar, maqsad va rejalar muhokama qilindi. Tinglovchilarning savollariga javob berildi. Shuningdek, ish faoliyatini samarali tashkil etishning muhim mezonlari haqida  tôxtalib ótildi.

-Davlatimiz rahbari olib borayotgan xalqona siyosat, odamlarning og'irini yengil qilishdek ezgu harakatlar bizning sohamizda ham òz ifodasini yanada kengroq namoyon qilishi kerak.  Tizimdagi tub òzgarishlar, boshqaruv tashkilotlariga berilayotgan imkoniyatlar mazkur fikrlarimning isbotidir. Biz ushbu imtiyozlardan unumli foydalangan holda, xalqimizga vijdonan  xizmat qilishimiz lozim,- dedi Ozoda Jórayeva.

Shuningdek, kompaniya bóylab ekskursiya tashkil etilib, xizmat kórsatishning zamonaviy yondashuvlari va qòshimcha xizmatlar kòzdan kechirildi.

Ta’kidlash lozim, mazkur tadbirlar boshqaruv tashkilotlari orasida dòstona muhitni yaratish, yangiliklardan vaqtida boxabar bo'lishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.