UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti rektori A.Qoʻldoshev Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus shahrida bòldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 151-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 460-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish va ijrosini taʼminlash maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti rektori A.Qoʻldoshev Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus shahrida bòldi.

A.Qòldoshev shahardagi texnik nazoratchilar, loyiha mualliflari, sifat nazoratchilari, nazorat òlchovini amalga oshiruvchi mutaxassislar va boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashib, sertifikatlash jarayoni yuzasidan maʼlumot berib ótdi. 

- Zamonaviy texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotgan ayni paytda tor mutaxassislarning sohaga doir bilimlarini mustahkamlash, yangi qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini chuqur anglash muhimdir. Shu bois qurilish va kommunal sohada faoliyat yurituvchi mutaxassislarni malakasini oshirish maqsadga muvofiq,- dedi rektor.

Uchrashuvlar davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.