UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xójaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti rektori A’zamiddin Qóldoshev Xorazm viloyatining sohaga doir masʼullari bilan uchrashdi

Qurilish va uy-joy kommunal xójaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti rektori A’zamiddin Qóldoshev davlatimiz rahbarining 151-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 460-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish va ijrosini taʼminlash maqsadida Xorazm viloyatining sohaga doir masʼullari bilan uchrashdi.

Xususan, viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi boshqarmasi xodimlari, hududiy nazorat qilish inspeksiyasi, "Yagona buyurtmachi xizmati" IK, pudrat va loyiha tashkilotlari vakillari, kòp kvartirali uylarga xizmat kòrsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari bilan mutaxassislarni òqitish, malakasini oshirish, zamonaviy talablar asosida yangi kónikmalarni shakllantirish zarurati haqida sóz bordi. 

Muloqot choğida institutda  mutaxassislarni sertifikatlash uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar bóyicha batafsil tushuncha berildi. Shuningdek, uchrashuv davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.