UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (MUNOSABAT)

 Telegram messenjeri orqali kuni kecha tarqalgan xabarlar yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha eksperimentni amalga oshirish chora tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoni va Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga asosan “ROAF ART HOUSE”  MCHJga Shayxontohur tumani Gulobod koʻchasi 234-uy hududida koʻp qavatli turar-joy kompleksini qurish uchun maydoni 0.45 gektar boʻlgan yer uchastkasini zaxiralash hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga ruxsat berilgan.

Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2019-yil 16-sentabrda tegishli tartibda Arxitektura rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqilgan. 2020-yil 2-iyulda “ORDER MAX PROJECT” MCHJ tomonidan eskiz loyiha ishlab chiqilib, Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining xulosasi bilan tasdiqlangan hamda kelishib berilgan. Shundan soʻng hozirgi “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi” DM Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan yigʻma ekspert xulosasi tasdiqlangan. 
    
Quruvchi tashkilot 2020-yil 17-sentabrda Davlat xizmatlari markazi orqali hududiy inspeksiyani xabardor etgan va oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtgan.
      
Taʼkidlash lozimki, “ROAF ART HOUSE”  MCHJ tomonidan barpo etilgan koʻp qavatli turar joy binosini foydalanishga topshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan doimiy foydalanishga qabul qilingandan soʻng, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  “Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish”ning maʼmuriy reglamentiga asosan amalga oshiriladi.

Shuningdek, quruvchi tashkilotning shartnoma shartlarini oʻz muddatida bajarmaganligi, yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zarar yuzasidan huquq-tartibot organlariga murojaat qilish maqsadga muvofiqligini maʼlum qilamiz.