UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi vakillaridan iborat Ishchi guruh qurilish sohasini tartibga solish tajribasi bilan tanishish maqsadida Singapurda xizmat safarida boʻlib turibdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston - 2030” strategiyasining barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʻminlash yoʻnalishi boʻyicha joriy yilga moʻljallangan amaliy tadbirlar rejasida noqonuniy va sifatsiz qurilishlarni hamda bino va inshootlarda seysmik, sanitar va xavfsizlik muammolarini bartaraf etish maqsadida qonunbuzarliklarga qarshi taʻsirchan chora-tadbirlarni kuchaytirish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish vazifasi belgilangan.

Mazkur toshshiriq ijrosi yuzasidan  Qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi,  Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi vakillaridan iborat Ishchi guruh qurilish sohasini tartibga solish tajribasi bilan tanishish maqsadida Singapurda xizmat safarida boʻlib turibdi. 

Xizmat safari davomida Singapurda qurilish sohasini tartibga solish uchun masʼul boʻlgan Building and Construction Authority (BCA) tashkilotining  ekspertlari bilan uchrashuvlar va ushbu mamlakatning ilgʻor tajribasi bilan tanishilmoqda. 

Shuningdek, mazkur davlatning qurilish maydonlariga chiqib, ulardagi ish jarayoni bilan bevosita tanishish tadbirlari ham rejalashtirilgan.