UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida shaharsozlik kengashining navbatdagi yig’ilishi o‘tkazildi

Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida shaharsozlik kengashining navbatdagi yig’ilishi o‘tkazildi. 

Kengashni bosh boshqarma boshlig‘i v.v.b Bahodir Nig'matov olib bordi. Navbatdagi kengashda jami 16 ta loyiha ko‘rib chiqilib, kengash a‘zolari tomonidan muhokama qilindi. Loyihalardan 5 tasi ma‘qullandi. Ulardan biri loyiha tashkiloti “Aziz Proyekt Plan” MCHJ tomonidan Kattaqo‘rg’on shahar Amir Temur mahallasida avtomobillarga ko‘p tarmoqli yoqilg’i quyish shoxobchasi o‘rnida ko‘p qavatli turar joy binosi qurilish loyiha taklifi bo‘ldi. 
 
Kengash yig’ilishi kun tartibiga kiritilgan loyihalardan 2 tasi rad etildi. Qolgan 9 ta loyihaning ayrim kamchiliklari bo‘lganligi sababli ularni qayta ishlab chiqish yuzasidan mas’ullarga taklif va ko‘rsatmalar berildi. Mazkur loyihalar shaharsozlik kengashining navbatdagi yig’ilishida qayta ko‘rib chiqilishiga kelishib olindi.