UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

“SHAHARSOZLIK EVOLUTSIYASI: O'ZBEKISTON VA KOREYA INNOVATSION QURILISH YO'LIDA” MAVZUSIDA XALQARO SEMINAR

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Koreya Respublikasining Yer, infratuzilma va transport vazirligi (MOLIT) hamda Koreya qurilish muhandisligi va texnologiyalar instituti (KICT) o‘rtasida 2018-yil 19-oktabrda “O‘zbekiston shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish” bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolangan. Asosiy amaliy ishlar 2022-yildan boshlangan.

Hamkorlik loyihasi bo‘yicha ikki tomon kelishuviga ko‘ra 2022-2025-yillar mobaynida jami 256 ta:

  • 2022-yilda 20 ta;
  • 2023-yilda 82 ta;
  • 2024-yilda 102 ta;
  • 2025-yilda 52 ta shaharsozlik normalari va qoidalarini Koreya tajribasi asosida modernizatsiya qilish belgilangan.

Tadbir davomida so'zga chiqqan Koreya Xalqaro qurilish assotsiatsiyasi raisi Park Sun-ho tomonidan ham O'zbekistonda shaharsozlik normalari va qoidalarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta'kidlandi.