UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

SHAHARSOZLIK EVOLYUTSIYASI: O'ZBEKISTON VA KOREYA INNOVATSION QURILISH YO'LIDA

Seminardan ko'zlangan asosiy maqsad – "O'zbekiston shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish" hamkorlik loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda bu orqali mahalliy qurilish texnologiyasini rivojlantirish va sohada milliy raqobatbardoshlikni mustahkamlashdan iborat.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov shaharsozlik norma va qoidalari modernizatsiyasiga oid muhim va salmoqli tadbirni ochib berdi.

- Xabaringiz bor, zamonaviy normalar va texnologiyalarni tatbiq etish maqsadida ilg'or xorijiy davlatlar bilan hamkorlik yo'lga qo'yildi. Bunda asosiy e'tibor seysmik va yong'in xavfsizligiga oid normativ hujjatlarni takomillashtirish, xorij ilg'or tajribasiga tayanib, amaldagi ShNQlarini modernizatsiya qilishga qaratildi. Shaharsozlik norma va qoidalarini xalgaro talablarga moslashtirishdan asosiy maqsad iqtisodiy-ijtimoiy samaradorlik, aholining turmush tarzini yaxshilash va xavfsizligini ta'minlashdan iborat. Tashkil etilgan mazkur seminar O'zbekiston va Koreya o'rtasidagi sohaviy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonaman, – dedi B.Zokirov.