UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

"SHAHARSOZLIK FAOLIYATINI GEOAXBOROT BILAN TA'MINLASHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING QO‘LLANISHI" MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY SEMINAR

Shaharsozlik sohasidagi ilg‘or innovatsion texnologiyalar va eng so‘nggi yutuqlar bilan o‘rtoqlashish, o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan seminarda:
- shaharsozlikni rivojlantirish;
- Geoaxborot ta'minoti;
- shaharsozlik faoliyatida amaliy geodeziya muammolari;
- muhandislik-geologik va muhandislik-geotexnik tadqiqotlar;
- idrometeorologik va ekologik tadqiqotlar singari yo‘nalishlarda soha ekspertlarining muhokamalari bo‘lib o‘tdi. 

Geografik axborot tizimlari yo‘nalishidagi taqdimotda shaharsozlik faoliyatini boshqarishda geografik axborot tizimlaridan foydalanish afzalliklari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalar misolida ko‘rsatib berildi. Xususan, Latviya Respublikasining "SunGIS" kompaniyasi tomonidan “Raqamlashtirish sohasida Latviya tajribasidan foydalangan holda ichimlik suvi va oqova suv ta'minoti boshqaruvining geografik axborot tizimini yaratish” loyihasi taqdimoti yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Loyiha Navoiy viloyatining Zarafshon shahri misolida "O‘zGAShKLITI" loyiha-qidiruv instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

Tadbir davomida taqdim etilgan barcha innovatsion yechimlar, qo‘llanilayotgan texnologiyalar va amalga oshirilgan loyihaviy yechimlar shaharsozlik sohasi rivojiga qo‘shilayotgan muhim hissa sifatida qayd etildi.