UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

SHAHARSOZLIK HUJJATLARI EKSPERTIZASIDA INSON OMILI ISHTIROKIGA CHEK QO'YILDI

Ma'lumki, ekspertiza faoliyatini raqamlashtirish orqali buyurtmachilarga loyihalarni elektron ko‘rinishda taqdim etish imkoniyati yaratildi. Bu bilan byurokratik to‘siqlarning oldi olindi, ekspertizadan o‘tkazish uchun sarflanadigan vaqt ham sezilardi darajada tejaldi. Inson omili ishtirokiga chek qo‘yilishi orqali korrupsiyaviy omillar minimallashtirildi. 

Shuningdek, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida ishga tushirilgan ekspertiza.mc.uz platformasi negizida yangi avtomatlashtirilgan elektron tizim yaratildi.

2024-yilning 1-choragida elektron tizim orqali jami 8 580 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, shundan 3 848 ta loyiha-smeta hujjatlariga yig'ma ekspertiza xulosalari berilgan. 1 152 ta shaharsozlik hujjatlari ish jarayonida. Qolgan murojaatlar qayta tahrirlash uchun rad etilgan.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o'tgan yig'ilishda shuningdek, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari ham chetlab o'tilmadi. Davlat tilida ish yuritish samaradorligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar va rejalar belgilandi. Mazkur yo'nalishga mas'ul mutaxassislar biriktirildi.

Tadbir yakunida hududiy boshqarmalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan davriy hisobot berildi.