UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

"Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi" DM: davriy hisobot va ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi” DMda 2024-yilning birinchi chorak qismida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda ma’naviy-ma’rifiy masalalarga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. 

Unda markaz direktori Mirabbos Inoyatov boshchiligidagi markaziy apparat ekspert hamda mutaxassislari, shuningdek, hududiy boshqarmalar xodimlari ishtirok etdi.

Kun tartibida Qurilish va uy-joy kommunal xòjaligi vazirining 2023-yil 25-sentabrdagi 318-son buyrug’i bilan tasdiqlangan Qurilish va uy-joy kommunal  xo’jaligi vazirligi xodimlarining Odob-axloq qoidalariga amal qilinishini ta'minlash, markaz ekspertlari va mutaxassislarining muloqot, kiyinish va korporativ etika talablarini bajarishi, murojaatlar bilan ishlash sifatini yanada oshirish, ijro intizomiga amal qilish, ekspertlar malakasini oshirish singari masalalar ko'rib chiqildi. 

- Biz davlat xizmatchilari sifatida ichki madaniyat va axloqimiz bilan boshqalarga namuna bòlishimiz darkor. Bu nafaqat bizning kasbiy mas’uliyatimiz, balki qadriyatlarimizga bòlgan hurmat ifodasidir, - dedi M.Inoyatov.