UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi nazorat ishlari

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi hamda viloyat Qurilish va uy-joy kommunal sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda Guliston shahri 3-mavze "Bog'ishamol" MFY hududidagi ko'p qavatli uylarni birinchi qavatida joylashgan noturar joy binolarini shaharsozlik norma va qoidalari talablariga zid ravishda binolar konstruksiyasiga ta'sir ko'rsatuvchi o'zgartirishlar kiritib, foydalanib kelinayotgani bo'yicha 11 ta holat aniqlandi.

Xususan, "UZ-DAEWOO" va "RA'NO" savdo do'konlarining ichki devorlariga hech qanday ruxsat (texnik xulosa) olmay turib, o'zboshimchalik bilan oynalarni tag qismi buzilgan va o'rniga eshiklar o'rnatilganligi sababli tadbirkorga nisbatan tegishli qonunchilikka asosan eng kam ish haqining 20 baravari, qolaversa "Avto ehtiyot qismlari" savdo do'koni egasiga  eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida inspeksiya xodimlari tomonidan jarima qo'llanildi.

O'rganish davomida qolgan 8 ta noqonuniy qurilmalar uchun tadbirkorlarga belgilangan tartibda ogohlantirish berildi.

Qolgan holatlar yuzasidan o'rganish ishlari olib borilmoqda.