UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti mas'ullari hamda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining Iqtisodiy o’sish boshqarmasi direktori Kail Padgitt ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi

Kuni kecha Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti mas'ullari hamda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning Iqtisodiy o’sish boshqarmasi direktori Kail Padgitt ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Mazkur uchrashuvda energetika sohasini modernizatsiya qilish, standarlashtirish, ta’lim va innovatsiya yo'nalishlarida mamlakatning toza energiya sohasi masalasi o’zaro muhokama qilindi.

USAIDning mamlakatimizda ta’lim, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va suv resurslarini boshqarish kabi sohalarni takomillashtirish borasida ko‘magi alohida e’tiborga loyiqdir.

Kail Padgitt suhbat davomida shaharsozlik normalari va qoidalarini takomillashtirish, standartlarni ishlab chiqish, bino-inshootlarda energiya samaradorlik va seysmik barqarorlikni ta’minlash masalalarida institut faoliyatini qo’llab-quvvatlashini bildirdi hamda soha rivojlanishida muhim vazifalar belgilandi.