UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Tom yopish ishlarini olib borishga doir mehnat xavfsizligi texnikasi bilan tanishing

"Qurilishda xavfsizlik texnikasi " ShNQ talablariga muvofiq tomning nishabligi 20° dan yuqori bo‘lgan holatlarda, xodimlar xavfsizlik kamarlaridan foydalangan holda ishlashi kerak.

Shu bilan birga

  • Nishabligi 20° dan ortiq bo‘lgan tomda hamda xodimlar og‘irligidan tushadigan yuklarga mo‘ljallanmagan qoplamali tomlarda xodimlarning o‘tishi va oyoqlarini tirab turishi uchun ko‘ndalang taxtachali eni 0,3 metrdan kam bo‘lmagan traplarni o‘rnatish zarur.Traplar ish vaqtida mahkamlangan bo‘lishi lozim.
  • Tomga materiallarni faqat ishlarni bajarish loyihasida ko‘zda tutilgan joylarga joylashtirishga ularning tushib ketishiga hamda shamol ta'siriga  qarshi chora-tadbirlar ko‘zda tutilganda ruxsat beriladi.
  • Yaxmalakda, ish fronti doirasida ko‘rishni cheklaydigan tumanda, momaqaldiroqli yomg‘ir hamda 15 metr/sekund va undan ortiq tezlikdagi shamol paytida tom yopish ishlarini bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • Tom yopma elementlari va detallarini, shu jumladan choklardagi muvozanatlagichlarni, himoyalovchi g‘iloflarni, oqova suv quvurlari bo‘g‘inlarini, novlarni, osmalarni va shunga o‘xshashlarni ish joylariga tayyor holatda uzatish lozim. Ko‘rsatilgan elementlar va detallarni bevosita tomda tayyorlash mumkin emas.
  • Tom yopish ishlarini bitum yoki nairitli mastikalardan foydalanib bajarganda xodimlarning xordiq chiqarishi, isinishi, oziq-ovqatlarni saqlashi va ovqatlanishi uchun xonalarni ish joylaridan kamida 10 m narida joylashtirish lozim.