UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Toshkent shahar hokimligi binosida bir qator soha fidoyilari “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar

Xabar berib kelayotganimizdek, 18-aprel Uy-joy kommunal xohasi xodimlari kuni mamlakatimizda keng nishonlanib kelinmoqda. Mashaqqatli mehnati bilan yurtimiz ravnaqiga òzining ulkan hissasini qóshib kelayotgan soha fidoyilari e’tirof etilmoqda.

Xususan, bugun Toshkent shahar hokimligi binosida bir qator soha fidoyilari “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Ular orasida kòp kvartirali uylarga xizmat kòrsatuvchi boshqaruvchi tashkilotlarning ishchi-xodimlari, jumladan, santexniklar, elektriklar, obodonlashtirish xodimlari, shuningdek, Issiqlik ta’minoti ishchilari hamda shahar hokimligining mas’ullari bor.

Taqdirlash marosimini Qurilish va uy-joy kommunal xójaligi vazirining birinchi òrinbosari Sherzod Hidoyatov tabrik nutqi bilan ochib berdi. 

- Kommunal soha xodimlarining faoliyati tóğridan-tóğri aholining kayfiyatiga ta’sir ótkazadi. Shu ma’noda ularning mehnati ham mashaqqatli, ham xayrlidir. Davlatimiz rahbari tomonidan sohani rivojlantirishga qaratilgan e’tibor asnosida “O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida” Qonun qabul qilinib, unga muvofiq 18-aprel - O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni etib belgilangandi. Biz ushbu kun munosabati bilan sohada mehnat qilayotgan barcha fidoyilarni samimiy muborakbod etamiz. Zero, xalq xizmatida tinim bilamaydigan har bir inson bugungi kun qahramonlaridir. Sizlarning faoliyatingizni yengillashtirish, imtiyoz va imkoniyat berishda islohotlarni davom ettirishga va’da beramiz,- dedi Sh.Hidoyatov. 

Tadbir yakunida Qurilish va uy-joy kommunal xójaligi vazirining birinchi òrinbosari Sherzod Hidoyatov hamda vazir òrinbosari Ozoda Jòrayeva taqdirlanganlarga kòkrak nishonlarini topshirdilar. 

Darhaqiqat, yurtdoshlarimiz og‘irini yengil qilishdek zahmatli va sermashaqqat  kasb-u kor bilan jamiyatda munosib o‘rin topayotgan soha xodimlari qancha uluğlansa shuncha kam. Zero, ular borki yurtdoshlarimiz óz uylarida qulay, xavfsiz hayot kechiradilar.