UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek  tumanida  joylashgan ko'p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari uchun bòlib ótgan uchrashuv

Bugungi kunda kòp kvartirali uylarga xizmat kòrsatish sohasini takomillashtirish maqsadida qator islohotlarga qòl urilmoqda. Mazkur ishlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish, aholiga sifatli xizmat taqdim qilishda boshqaruv tashkilotlari muhim ahamiyat kasb etadi. 

Shu ma’noda Qurilish va uy-joy kommunal xójaligi vazirligi huzuridagi "Kommunal ta'minot markazi" davlat muassasasi direktori N.Jumaniyozov va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish tizimini rivojlantirish boshqarmasi xodimlari tomonidan joylarda yangi qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari tarğibotiga bağishlangan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek  tumanida  joylashgan ko'p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari uchun bòlib ótgan uchrashuvda ham ayni masalalar muhokama qilindi.  

Xususan, ko‘p kvartirali uy-joy fondining umumiy mulkini va ularga tutash hududlarni saqlash uchun mulkdorlarning majburiy badallari yoki to‘lovlarining eng kam miqdori va uni joriy etishning mulkdorlar hamda boshqaruv organlari manfaatini oshirishdagi ahamiyati haqida sòz bordi. Mazkur ishlar tizimni tartibga solish asnosida sohada yillar davomida yiğilib qolgan muammolarni oldini olishga xizmat qilishi ta’kidlandi. 

Ta’kidlash lozimki, bunday uchrashuvlar Toshkent shahrining barcha tumanlarida bòlib òtishi rejalashtirilgan.