UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Toshkent viloyati Chirchiq shahri “Mirgʻolib” MFY Navbahor koʻchasida “Azimut MIG” MCHJ tomonidan qurilayotgan koʻp qavatli turar-joy Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan ro'yxatdan o'tmagan. 

Obyekt uchun tegishli ruxsatnomalar olinmasdan qurilish olib borilganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasi 7-bandiga asosan mas'ullarga 2 marta maʼmuriy choralar koʻrilgan, ammo bunga qaramasdan qurilish-montaj ishlari davom etayotgani aniqlangan. Shu bois inspeksiya tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga obyektni buzdirish yuzasidan da'vo arizasi kiritilayotganini ma'lum qilamiz.