UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Vazir o'rinbosari ishtirokidagi sayyor qabul davom etmoqda.

Hech bir murojaat e'tibordan chetda qolmayapti!

Vazir o'rinbosari ishtirokidagi sayyor qabul davom etmoqda. 

Bog'dod tumanidan kelgan D.Yo'lchiyev 31-sonli ko'p qavatli uyda istiqomat qiladi. Fuqaroning ma'lum qilishicha, uy renovatsiya dasturiga kiritilgan. Ammo hududda mavjud jami 25 ta 2 qavatli uylarda hanuzgacha ta'mirlash ishlari boshlanmagan. Murojaatchi renovatsion jarayonlar startini tezlashtirish masalasida T.Alimatovga yuzlandi. 

Quva tumani "G'alaba" MFY hududidagi ko'p qavatli uy egalarining bolalar maydonchasiga ehtiyoji bor. Shuningdek, muloqot davomida hududdagi hojatxona va chiqindi tashlash punktlarining ta'mirtalab holatda ekani ta'kidlandi. 

Qo'shtepa tumanidan T.Isoqov e-auksion tizimi orqali qurilishi tugallanmagan binoni xarid qilgan. Maqsad – bino o'rnida issiqxona qurish. Ammo hozirgi kun holatiga ko'ra yer bosh rejaga nomutanosib holatda. Shu sabab T.Alimatov tomonidan masalani qayta ko'rib chiqish zarurati bor ekani takidlandi. 

E.Sharofiddinov Quva tumanida istiqomat qiladi. Uning murojaati mazmuni noturar joy binosi uchun Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi huzuridagi Arxitektura-shaharsozlik Kengashi xulosasini olish. Uning loyihasi joyida ko'rib chiqildi va ma'lum bir kamchiliklar borligi aniqlandi. Ularni takomiliga yetkazish yuzasidan amaliy yordam berish bo'yicha mas'ullarga topshiriq berildi.