UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Nukus shahri va Qoraqalpoğiston Respublikasidagi koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv tashkiloti rahbarlari bilan uchrashdi

Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Nukus shahri va Qoraqalpoğiston Respublikasidagi 1 576 ta koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatuvchi 36 ta boshqaruv tashkiloti rahbarlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish sohasidagi islohotlar, yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati haqida soʻz bordi. Vazir oʻrinbosari yigʻilganlarga uy-joy va kommunal xizmat koʻrsatish sohasiga hukumatimiz tomonidan berilayotgan e’tibor, keng imkoniyatlar haqida ma’lumot berar ekan, boshqaruv tashkilotlari ham mazkur imtiyozlardan oqilona foydalanishi, aholiga halol va sifatli xizmat koʻrsatishi lozimligini ta’kidladi. 

-Nukus shahrida bir necha kunlik órganishlarimiz shuni kòrsatdiki, sohada olib borilayotgan keng islohotlar va imtiyozlarga qaramay, sustkashlikka yòl qóyayotgan, mas’uliyatini his qilmayotgan kompaniyalar bor. Bugungi raqobat maydonida bunday holatlarga yòl qóyilishi mumkin emas. Aks holda biz rivojlana olmaymiz,- dedi Ozoda Jòrayeva.

Kóp kvartirali uylarga xizmat kòrsatish sohasini optimizatsiya qilish, samara bermayotgan boshqaruv tashkilotlari faoliyatini tugatish, tizimda tadbirkorlikni rivojlantirish, qóshimcha servis xizmatlarni kòpaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda har bir boshqaruv tashkilotida, albatta moddiy texnika bazasi shakllantirilishi, 24 soat davomida aholi murojaatlarini qabul qiluvchi dispetcherlik xizmati boʻlishi shartligi bildirildi.

Yigʻilishda shuningdek, boshqaruv tashkilotlariga “Mening uyim” billing tizimi bilan ishlash, sohada shaffoflikni ta’minlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Uchrashuv yakunida vazir òrinbosari boshqaruv tashkilotlari rahbarlarining sohani yaxshilash bòyicha taklif va mulohazalarini qabul qildi.