UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Xorazm viloyati QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI SOHASIDA HUDUDIY NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI (MUNOSABAT)

Xorazm viloyati Gurlan tumani Pahlavon Mahmud koʼchasida joylashgan 3 qavatli koʼp xonadonli turar joy binosida “Oʼzbekiston savdo markazi” MChJ tomonidan qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu obyekt inspeksiyadan 2023-yil 23-yanvarda roʼyxatdan oʼtgan boʼlib, qurilish-montaj ishlari sifati nazoratga olingan.

Bugungi kunda binoning 3-qavatida gʼisht terish ishlari amalga oshirilmoqda. Loyiha boʼyicha gʼisht devorning qalinligi 510 mm boʼlib, kolonna razmeri 400 mm qilib belgilangan.

Oʼrganish jarayonida gʼisht terish ishlarida vertikal, gorizontal choklar sifatsiz bajarilganligi hamda ijro texnik hujjatlari toʼliq yuritilmaganligi ma'lum bo'ldi. Ushbu kamchiliklar boʼyicha pudratchi tashkilotga  2024-yil 13-mayda tegishli qonunchilikka ko'ra maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.