UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Xorazm viloyatida bòlib turgan vazir òrinbosari Ozoda Jòrayeva aholi muammolariga asosan Urganch va Xiva shaharlarining bir qator hududlarida bóldi

Xorazm viloyatida bòlib turgan vazir òrinbosari Ozoda Jòrayeva aholi muammolariga asosan Urganch va Xiva shaharlarining bir qator hududlarida bóldi. 

Jumladan, Urganch shahri Jaloliddin Manguberdi kóchasi 8-uyda bòldi. “Gulzor” mahallasidagi kòp kvartirali uylarga xizmat kòrsatuvchi “Urganch building” BSK faoliyati kòzdan kechirildi. Mavjud kamchiliklar aniqlanib, tezkor tartibda bartaraf etish bóyicha aniq topshiriqlar berildi. 

Shu bilan birga kuni kecha sayyor qabulda ommaviy kelib tushgan murojaat ham ijobiy yechim topdi. 

Xiva shahri “Gilamchi” MFY ahlining boshqaruv tashkiloti bilan boğliq muammo bartaraf etiladigan bòldi. Aholining asossiz qarzdorliklari sóndirilib, “Xiva Kaltaminor” boshqaruv tashkilotiga xizmat sifatini yaxshilash yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Aholi vakillari muammolariga ijobiy yechib berilganidan mamnun bóldilar.