• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

2020 YIL RAQAMLARDA (ARZON UY-JOYLAR BO‘YICHA)

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > 2020 YIL RAQAMLARDA (ARZON UY-JOYLAR BO‘YICHA)
Dekabr 17, 2020 Posted by: tested Yangiliklar


Prezident farmoniga asosan 2020 yilda jami 30 010 ta xonadonga ega ko‘p qavatli arzon uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda jami 20 906 ta xonadonlik ko‘p qavatli arzon uy-joylarda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda, jumladan:

“Qishloq qurilish invest” Injiniring kompaniyasi MCHJ buyurtmachiligida qishlok joylarda 8599 ta, ya’ni rejaga nisbatan 7,5 foizga ko‘p;
“O‘zshahar qurilish invest” Injiniring kompaniyasi MCHJ buyurtmachiligida shaharlarda 4398 ta, ya’ni rejaga nisbatan 3 foizga ko‘p;
qishloq joylarda yangi tartibga muvofiq 3 008 ta yoki rejaning 75,2 foizida;
shaharlarda yangi tartibga muvofiq 4 901 ta yoki rejaning 35,6 foizida qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.


2020 yilning 10 dekabr xolatiga 5 691 ta xonadonlik ko‘p qavatli arzon uy-joylar yoki 19 foizi foydalanishga topshirilgan. Qolganlari ham bosqichma-bosqich o‘z egalariga topshiriladi.