KO‘P KVARTIRALI UYLARNI ULUSH KIRITISH ASOSIDA QURISH ELEKTRON PLATFORMASI
Shartnomani hisobga qo‘yish uchun quruvchi quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
- imzolangan shartnoma;
- ulushdor pasporti nusxasi, ulushdor yuridik shaxs bo‘lsa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
- belgilangan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Shartnomani hisobga qo‘yish uchun hujjatlar vakolatli davlat organiga elektron platforma orqali yuboriladi.
Elektron platformada qurilish obyektlari to‘g‘risida barcha uchun ochiq bo‘lgan quyidagi ma’lumotlar:
- qurilish obyekti joylashgan qurilish majmuasi to‘g‘risidagi ma’lumot (ko‘p kvartirali uylar va kvartiralar soni, muhandislik, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilma obyektlari, shuningdek, loyihaga oid yordamchi obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar);
- har bir qurilish obyekti bo‘yicha tuzilgan shartnoma haqidagi ma’lumot (tartib raqami, tuzilgan sanasi, kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, uning bekor qilinganligi);
- quruvchi va qurilish-pudrat tashkiloti (bosh pudratchi) haqidagi ma’lumotlar;
- muammoli qurilish obyektlari va insofsiz quruvchilar haqidagi ma’lumotlar.
Huquqiy asoslar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 27.05.2020 PQ-4732-son qarori