💧 Ma’lumot berganimizdek, vazirlik va tegishli tashkilot mas’ullaridan tarkib topgan maxsus ishchi guruh Andijon viloyatida toshqin suvi va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o‘tkazishni ta’minlash, qor va yer ko‘chki hodisalari zararini kamaytirish borasida qator nazorat tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda.
Xuddi shunday tadbirlarning biri viloyatning Oltinko‘l tumani hududidan o‘tgan Qoradaryo bo‘ylarida o‘tkazildi. Mazkur hududda joriy yilning fevral oyida ham o‘rganish ishlari olib borilgan bo‘lib, favqulodda holat keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar yuzasidan ma’lumotlar umumlashtirilgan hamda Respublika sel-suv toshqini bo‘yicha kommisiyasiga kiritilgan. Bugungi o‘rganishlarga ko‘ra daryo o‘zanining o‘zgarishi natijasida tuproq ko‘chish holati bir oy avvalgi holatdan 8-10 metrga oshgani aniqlandi. Ta’kidlash lozimki, daryo yoqasi bo‘ylab katta kuchlanishli elektr tarmog‘i hamda magistral gaz quvuri o‘tkazilgan va bu ushbu masalaga yanada jiddiyroq yondashuvni talab etadi.
🔠 Daryo bo‘yidagi mavjud holatni oldini olish e’tibor va mablag‘ talab etadi. Shu ma’noda 2024-yil Davlat dasturida qirg‘oqda mavjud muammolarni bartaraf etish, tiklash uchun mablag‘ ajratilishi ko‘zdan tutilgan. Ammo mutaxassislar tomonidan bildirilgan fikrlarga ko‘ra muammo ushbu yilda bartaraf etilmasa fermer xo‘jaligi, elektr tarmoqlari va gaz quvuriga katta zarar yetishi mumkin. Shu bois 2023-yilning o‘zidayoq mablag‘ ajratilishi bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, Respublika sel-suv toshqini komissiyasiga kiritiladigan bo‘ldi.