• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Yanvar 26, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🟢 Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva, Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev hamda tuman prokurori Alisher Qorayev Uchtepa tumanidagi “Toshkent obod” BSK faoliyati, uning texnik imkoniyatlari va joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdilar.

Mazkur kompaniya “IDRI-A” BSKning oʻrnida yanada kuchaytirilgan holda ikki hafta oldin tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunga qadar oʻz hisobidan 300 mln soʻm investitsiya mablagʻlari kiritgan. Mutasaddilar kompaniya mas’ullariga aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash boʻyicha zarur tavsiyalar berdilar. Shuningdek, ishchi xodimlar bilan suhbatda boʻlib, ularning sohani yaxshilash boʻyicha takliflari tinglandi. Ozoda Joʻrayeva kompaniya mas’ullariga xodimlarni, ayniqsa, ayollarni issiq ust-bosh bilan ta’minlash boʻyicha topshiriq berdi.

– Davlatimiz rahbari tomonidan sohaga alohida e’tibor, qoʻshimcha imtiyozlar berilyapti. Ushbu imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanib, vijdonan ishlasak aholining oʻzi bizni koʻkka koʻtaradi,- dedi vazir oʻrinbosari.

Oʻz oʻrnida tuman prokurori kompaniyada ishni qat’iy tizimda tashkil etish lozimligini ta’kidladi. Ishchi xodimlarni oʻylantirayotgan muammolar boʻyicha suhbat oʻtkazilib, ularni hal etish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Ma’lumot uchun, “Toshkent obod” boshqaruv tashkiloti Uchtepa tumanidagi “Zargarlik” va “Xuroson” mahallalaridagi 53 ta koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatadi. Kompaniya xodimlari bugungi kunda 23 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, kompaniyada 20 ga yaqin maxsus texnikalar mavjud.