• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga Rossiya Federatsiyasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari Nikita Stasishin tashrif buyurdi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga Rossiya Federatsiyasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari Nikita Stasishin tashrif buyurdi
Apr 25, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga Rossiya Federatsiyasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari Nikita Stasishin tashrif buyurdi. Mehmonni Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari Davronjon Odilov kutib oldi.

Ikki tomonlama samimiy kechgan muloqotda hamkorlikning buguni va istiqboli muhokama etildi. Tomonlar oʻzaro tajriba almashishni yanada rivojlantirish, qurilish sohasida kadrlar malakasini oshirish kabi muhim masalalar xususida oʻzaro fikr almashdilar. Ikki mamlakat mutaxassislari ishtirokida sohaning dolzarb masalalariga qaratilgan yirik anjumanlar tashkil etishga kelishib olindi.

Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari Tashkent city hududida qurilayotgan yirik majmualar qurilishi bilan ham atroflicha tanishdilar.