✅Pop tumani Gʻurumsaroy qishlogʻida bunyod etilgan “Yangi Oʻzbekiston” massivida 5 ta 5 qavatli uy-joylar qurilib, 100 ta xonadon oʻz egalariga topshirildi. Shuningdek, massivda yana koʻplab uy-joylar topshirilish arafasida turibdi.
Marosimda Prezidentimiz tashabbusi bilan olib borilayotgan inson qadrini ulugʻlash maqsadidagi harakatlar mana shunday o’z samarasini berayotgani alohida ta’kidlandi.
▶️ Oʻn besh yildan buyon uysizman, – deydi Maftuna Ulugʻmurodova. – 5 nafar farzandim bor, kichik oʻgʻlimning oilasi uchun uy-joy qilishda qiynaldim. Mana bugun farzandim uchun uch xonali uy berildi. Minnatdorligimni soʻz bilan ifodalab bera olmayman.