♾ DIQQAT! DIQQAT!
🎙️ Hurmatli OAV vakillari hamda blogerlar!
🏘 Qurilish vazirligi tomonidan shu yilning 9-10-noyabr kunlari Farg‘ona viloyatining ayrim tumanlariga press-tur tashkil qilinmoqda.
🗺 Vazirlikning tizim tashkilotlari mas’ullaridan iborat tezkor guruh hududlardagi davlat dasturi asosida qurilayotgan uy-joylar hamda ijtimoiy obyektlarning holatini tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqib, qurilishda oqsoqlanayotgan sabablar va kamchiliklarni aniqlaydi.
🔔 Mavzuga befarq bo‘lmasangiz, sizlarni ham press-turimizga taklif qilamiz. Qo‘ng‘irog‘ingizni +998909750056 telefon raqamida 8-noyabr soat 17:00 ga qadar kutamiz!
🟡 Jamiyat uchun foydali mavzu hamda borish-qaytish uchun barcha sharoitlar Qurilish vazirligidan, kamchiliklar takrorlanmasligiga va to‘g‘irlanishiga undovchi tahliliy materiallar esa sizlardan!
🚌 Jo‘nab ketish vaqti: 9-noyabr kuni ertalab 07:30 da.
📍 Jo‘nab ketish joyi: Qurilish vazirligi binosi yoni, Abay ko‘chasi 6-A uy.
✏️ Eng yaqin metrolar: G‘afur G‘ulom va Alisher Navoiy bekatlari.
⛈ Ob-havo: Pess-tur kunlari Toshkent 5-8, Farg‘ona 1-11 daraja quyoshli. O‘zingiz bilan soyabon olish foydadan holi bo‘lmaydi.
🚗Toshkentga qaytib kelish vaqti: 10-noyabr 21:00 da.
🏚Qurilish vazirligi Matbuot xizmati