✍️Unda “Shaffof qurilish” dasturiy majmuasi, bunda vazirlik tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari , ularning tartib va qoidalari haqida tushunchalar berildi. Xususan, loyiha smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibi, qurilish pudrat tashkilotlarining reytingi va uni shakllantirish meʼyorlari haqida mulohazalar bildirildi.
🌀Ishtirokchilarga shuningdek, tender o‘tkazish jarayonlari va tartib taomillari ham tanishtirildi. Muloqotda sohaga tatbiq etilayotgan axborot kommunikatsiya texnologiyalarining zarurati va ahamiyati amaliy misollarda izohlab berildi. Kelgusida rejalar haqida fikrlar ilgari surildi.
💫Tadbir davomida mehmonlar ”Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi markazini ham ko‘zdan kechirdilar. Bu yerda sohaga joriy etilayotgan innovatsion texnologiyalar ishtirokchilarning eʼtibor markazida bo‘ldi.